Bugun toifa sinovlarida fizika fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Sinovlarda bir nechta pedagog yuqori natijalarni qayd etdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, 2026-yilgi kuzgi pedagoglar attestatsiyasi 26-oktyabr kunidan boshlandi. Jarayonlar 28-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Bugun, 11-noyabr kuni fizika fani pedagoglari uchun birinchi kun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Quyida bugungi toifa sinovlarida yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tanishing:
- Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani 19-maktab Sardorova Dinora – 98 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 11-sonli maktab o‘qituvchisi Dostonbek Rozimatov – 94 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonliko‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Baxtiyar Turdımuratov – 90 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani 36-sonli maktab o‘qituvchisi Xushnud Chorshamov – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani 4-maktab Atamuratov O‘tkir – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Ixtisoslashtirilgan maktab Egamberdiyev Otabek – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Shovot tumani 30-maktab Yusupov Sardor Hikmatovich – 86 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tumani 25-maktab Satimov Elyor – 86 ball;
- Sirdaryo viloyati, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabi Guliston filiali o‘qituvchisi Axmedov Umarbek – 86 ballni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.
