2026-yilning dastlabki 10 oyida jami 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ularning asosiy qismi 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, jumladan, o‘quvchilar va talabalarga to‘g‘ri keladi.
2026-yilning yanvar–oktabr oylarida Toshkent shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qoidabuzarliklarning yosh toifalari bo‘yicha taqsimotiga ko‘ra:
- 18–30 yoshdagilar — 97 747 ta (70,4 foiz);
- 16–17 yoshdagilar — 30 533 ta (22 foiz).
Shunday qilib, rasmiylashtirilgan bayonnomalarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tegishli.
Ma’muriy bayonnomalar jinslar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Erkaklar — 105 272 ta (75,9 foiz);
- Ayollar — 33 508 ta (24,1 foiz).
Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi ushbu koʻrsatkichlar jamoat transportida yoʻl haqini toʻlash intizomini taʼminlash faqat nazoratchilar zimmasidagi vazifa emasligini, bu borada oila va taʼlim muassasalari ham faol ishtirok etishi, yoshlar oʻrtasida toʻlov madaniyatini oshirish, qonun-qoidalarga hurmat va masʼuliyat hissini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratishi zarurligini ta’kidlab oʻtdi.
