Noyabr oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin.
Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon sanalari e’lon qilindi.
Imtihonning yozma qismi 7–8-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi esa 9–20-noyabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Talabgorlar my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olib, unda imtihon o‘tkaziladigan joy, sana va aniq vaqt bilan tanishishlari mumkin.
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Talabgorlarni imtihon o’tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyasi quyida keltirilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi.
Manzil: Nukus shahri Janabazar MFY “Nukus To‘rtko‘l” avtomagistrali shossesi 53/2-uy.
Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F
Andijon viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon viloyati bo‘limi.
Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129-“A” uy.
Mo‘ljal: Andijon davlat universiteti yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/RqTf7j9Yv4XHDyTe9
Namangan viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
Manzil: Namangan shahri Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy.
Mo‘ljal: 16 qavatli uy yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA
Farg‘ona viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyati bo‘limi binosi.
Manzili: Farg‘ona shahri “Ilg‘or” MFY Farovon turmush ko’chasi 422/3-uy (“EKO shahar”)
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/f9abKkutVMXNXuar7
Buxoro viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
Manzil: Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY.
Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A
Xorazm viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
Manzili: Urgаnсh tumani Yuqоri Dо‘rmаn “Yuqoriovul” MFY O‘zbekiston shohko‘chasi 2/2-uy.
Mo‘ljal: Urganch tumanidagi 48-maktab yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CLAKFLjz
Surxondaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi binosi.
Manzili: Termiz shahri “Tinchlik” mahallasi Shodiyona ko‘chasi 1A-uy.
Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7
Qashqadaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyat bo‘limi binosi.
Manzili: Qarshi shahri “Buyuk Turon” MFY Buyuk Turon (Maxtumquli) ko‘chasi 10-v-uyi.
Mo‘ljal: Qarshi xalqaro aeroport yo‘li “Smart” telivizor zavodi yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/8pwYs32AqYcefpg59
Jizzax viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi (Sayxandagi “Yangi O‘zbekiston” massivi).
Manzili: Sh.Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY “Yangi O‘zbekiston” massivi.
Mo‘ljal: M39 avtomagistrali yoqasidagi yangi qurilgan uylar va binolar yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/Rt7Q4P55PuRzDJo88
Navoiy viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi binosi.
Manzil: Navoiy shahri “Yoshlik” MFY hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi.
Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda metan gaz quyish shahobchasi yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/v4gUHcSKk7WrPMKo6
Samarqand viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limining yangi binosi.
Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Kamolot” MFY Irteshar ges ko‘chasi 5-A uy.
Mo‘ljal: Samarqand shahar (Super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan. Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
Tel: +998990916529
Sirdaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi.
Manzil: Guliston shahri 4-mavze “Buyuk kelajak” massivi.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/f6Pg63aVX1jAF3WJ8
Toshkent viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Toshkent viloyati bo‘limi binosi.
Manzil: Nurafshon shahri Nurafshon sity hududi “Yangiobod” (DOM) MFY Yangiobod ko‘chasi 35-uy.
Mo‘ljal: Toshkent viloyat Prokuratura binosining orqa tomoni.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://yandex.uz/maps/-/CXrgqUOi
Toshkent shahri:
Imtihonning yozma qismi (1-bino):
Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan)
Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/JuuHVCMEQAK7wDUx6
Imtihonning yozma qismi (2-bino):
Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan)
Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/WTSfEBqWdYUCpAff7
Imtihonning yozma qismi (3-bino):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi).
Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/kD9Jdsu3ePGX8fzW9
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi).
Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/kD9Jdsu3ePGX8fzW9
