Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 3-sinf o‘quvchisi Soliha Yusupova 8 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Kitob tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qiyotgan Soliha CEFR imtihonida 51 ball to‘plab, ingliz tilidan B2 darajasini oldi.
Yutuq munosabati bilan Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mansur Joniyev maktabga borib, o‘quvchini tabrikladi.
B2 darajasi nimani anglatadi?
CEFR — chet tilini bilish darajasini A1 dan C2 gacha oltita bosqichda baholaydigan xalqaro tizim. B2 o‘rta-yuqori daraja hisoblanadi.
