10–23-oktyabr kunlari o‘tkazilgan chet tili imtihonlari natijalari e’lon qilindi

10–23-oktyabr kunlari o‘tkazilgan chet tili imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha 2026-yil 10–23-oktyabr kunlari o‘tkazilgan malaka imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali tekshirishlari mumkin.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 10-oktyabrdan 23-oktyabrgacha bo’lib o’tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.

 

Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

 

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. 

 

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

 

Ma’lumot uchun, mazkur imtihonlarda salkam 18,5 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 46 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan.