2024-yil 12-oktabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 25-oktabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi. Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilingan. Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi. Apellatsiya arizasi […]
Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Joriy yilgi onlayn malaka oshirish kurslari uchun ham mazmuni tubdan yangilangan kontent materiallarini tayyorlash jarayonlari ketmoqda.
Prezidentning 2022-yildagi 323-sonli qaroriga muvofiq, ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga imtiyozli tarzda ajratiladi. Bundan tashqari, PF-87-sonli farmonga binoan, xotin-qizlar uchun 0%, yigitlarga markaziy bankning asosiy (13,5%) stavkasiga ko‘ra ta’lim krediti ajratiladi.
“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” yurtimizda o‘zining yuqori nufuziga ega bo‘lgan pofessional ta’lim tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ta’lim muassasasi 2023-yilda tashkil etilgan bo’lib o‘z oldiga fan–tadqiqot–amaliyot zanjiri asosida yuqori sifatli taʼlim standartlariga asoslangan ta’lim berish hamda talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar etib tayyorlash bo‘yicha strategik maqsadlarni qo‘ygan. Mazkur texnikumga vakolatli davlat organi – O’zbekiston Respublikasi Oliy […]
II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan Maktab bosqichida (I bosqich) 1,2,3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oktyabr oyida oʻtkaziladi. Akademik litseylar oʻquvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi gʻoliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar. II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar […]
Ma’lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi. Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda […]
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini quyidagi usullarda bilish mumkin: 1. @e_uzbmb_mandatbot ushbu telegram botga ID raqamni kiritish orqali 2. my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan. Pedagog va xodimlarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi: –jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish; –o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; –“Chiqish” […]
Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyaning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovida maksimal 80 […]
Tuman hokimining maʼlum qilishicha, litsey hududidagi 27,5 sotixli uchta boʻsh yer uchastkasini (1 sotix uchun 65 ming dollar) auksion orqali sotish yoʻli bilan 22,5 mlrd soʻm jalb qilish kutilmoqda. Savdodan tushgan mablagʻni mahallani obodonlashtirish, maktabni taʼmirlashga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qarorining 45-bandiga koʻra, pedagoglar attestatsiyada uzrli sabab bilan kelmasa ularning attestatsiyasi boshqa kunga koʻchiriladi. “Pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan […]
O‘qituvchi yetarli asoslar bo‘lganda moddiy yordam olishga haqli bo‘ladi. Moddiy yordam va mukofot pulining bir biriga aloqasi yo‘q. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha: –xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda; –og‘ir kasallikka chalinganda; […]
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba’zi misollarni keltirdi. “O‘tgan 7-yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya […]
2024-2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Davlat granti ulushi – 2024-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchiga bor kuchi bilan musht tushirgani aks etgan video tarqalgandi. Joriy yilning 9-noyabr kuni Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova informatika o‘qituvchisi dars vaqtida o‘quvchiga bor kuchi bilan musht tushirgan holatni nazoratga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2024 yil 16 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Sirojiddinov nomli litseyda sodir bo‘lgan. O‘qituvchining […]
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanidagi 37-umumta’lim maktabi o‘qituvchi-pedagoglari majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Ushbu holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Maktab direktori o‘z ko‘rsatmasida, ta’lim muassasasida qurilish ishlari olib borilgani, shu sababli qurilishdan chiqqan chiqindilarni tozalash ishlariga 30 ga yaqin o‘qituvchi-pedagog va texnik xodimlarni majburan jalb qilgani, xodimlar […]
Senatning yalpi majlisi: “Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi. Qonunda psixologik yordam koʻrsatish standartlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda psixologik yordam koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs rahbari psixologiya sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlishi kerakligi nazarda tutilgan. Yalpi majlisda maʼruza qilgan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi […]
“Ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-137-son, 20.03.20224-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari joriy yildan boshlab har […]
27-sentyabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.