Bugun noyabrda boʻladigan chet tili sertifikat imtihonlari uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni

Bugun noyabrda boʻladigan chet tili sertifikat imtihonlari uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni

24-oktyabr kuni soat 23:59 da noyabr oyida boʻlib oʻtadigan chet tilidan milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlanadi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi taqdim etgan grafikka muvofiq, bugun, 24-oktyabr 8-10-noyabr kunlari oʻtkaziladigan xorijiy tillardan milliy sertifikat imtihonida qatnanish uchun ariza berishning oxirgi kuni. Toʻlov qilish esa ertaga yakunlanadi. To’lov qilmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi.

 

8-10-noyabr kunlari 10 ta: ingliz, arab, turk, ispan, xitoy, urdu, italyan, fors, nemis va fransuz tillaridan imtihon boʻlib oʻtadi.

 

Ushbu sertifikat imtihonlari yozma shaklda oʻtkaziladi, faqat nemis va fransuz tillaridagi imtihonlar esa elektron formatda topshiriladi.

 

Muhim! Chet tilidan milliy sertifikat imtihonlari uchun ham limit belgilangan. Ariza topshirishning imkoni boʻlmasa, oʻsha hudud boʻyicha belgilangan joylar soni toʻlgan hisoblanadi.