Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi

Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizi qoplab beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan.

 

Mazkur toifadagi xodimlarning farzandlariga Oʻzbekiston hududidagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravaridan oshmasligi kerak.

 

Maʼlumotlarga koʻra, kontrakt summasining 30 foizigacha qismini subsidiya orqali qoplab berish boshlandi.

 

Bugundan boshlab ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagan.