Oʻzbekistonda bogʻchalar soni 40 mingga yaqinlashdi — statistika

Oʻzbekistonda bogʻchalar soni 40 mingga yaqinlashdi — statistika

2026-yilga kelib respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 39 283 taga yetdi. Bu ko’rsatkich avvalgi yillarga nisbatan 3,2 foizga ko’p.

 

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 39 283 tani tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkich 2024-yil yakuniga nisbatan 1 225 taga yoki 3,2 foizga oshgan.

 

Shundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 29 196 tani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga koʻpaygan.

 

Shuningdek, hududlar kesimida eng ko’p Qashqadaryo viloyatida 4 458 ta bog’cha faoliyat yuritayotgan bo’lsa, eng kami Sirdaryo viloyatida bo’lib, viloyatda 1 189 ta bog’cha bor.

 

 

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni:

 

Qashqadaryo viloyati — 4 458 ta;

Samarqand viloyati — 4 443 ta;

Fargʻona viloyati — 4 341 ta;

Andijon viloyati — 4 308 ta;

Namangan viloyati — 4 042 ta;

Surxondaryo viloyati — 3 382 ta;

Toshkent viloyati — 2 447 ta;

Buxoro viloyati — 2 234 ta;

Xorazm viloyati — 2 111 ta;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 788 ta;

Jizzax viloyati — 1 709 ta;

Navoiy viloyati — 1 481 ta;

Toshkent shahri — 1 350 ta;

Sirdaryo viloyati — 1 189 ta.