Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Xorazm viloyatida Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Filialda ta’lim 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi, 2030/2031-o‘quv yiliga qadar qabul qilingan talabalar esa o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida tahsil oladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezidentning 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qarori bilan Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filialini tashkil etish tartibi belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Filialda ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Filialda ta’lim davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida tahsil oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2030/2031-o‘quv yilidan boshlab esa yillik qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talabalarning amaliyoti hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxona hamda tashkilotlarida, jumladan, dual ta’lim asosida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Filialning akademik faoliyatini rivojlantirish uchun unga mahalliy oliy ta’lim tashkilotlari biriktiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular filialni pedagog kadrlar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashga ko‘maklashadi, talabalar va pedagoglarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yadi hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, turizm va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan ayrim texnikumlar ham filialga biriktiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularda Xitoy tajribasi asosida takomillashtirilgan ta’lim dasturlari va o‘qitish metodikalari joriy etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xorazmda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Texnikum bitiruvchilariga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun filialda sun’iy intellektni o‘qitish bo‘yicha mentorlik malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Har yili ushbu kurslarga 250 nafar pedagog jalb etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kurslar aralash — onlayn va oflayn shaklda, kamida 72 soat davomida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga beriladigan sertifikat informatika fani o‘qituvchilarining muqobil malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorga ko‘ra, filialga jalb qilinadigan mahalliy professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠