Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish 10-oktyabrga qadar davom etadi

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish 10-oktyabrga qadar davom etadi

2026–2027-o‘quv yilgi Asosiy olimpiadaning II — tuman (shahar) bosqichi tez orada boshlanadi. Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish 10-oktyabrga qadar davom etadi.

 

Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilgi Asosiy olimpiadaning II — tuman (shahar) bosqichi tez kunlarda start olishi kutilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish 10-oktyabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilar tanlovning tuman (shahar) bosqichida qatnasha olmaydi.

 

Ishtirokchilar olimpiada auditoriyasiga faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda olimpiada.uzedu.uz platformadan yuklab olingan ruxsatnoma bilan kiritiladi.

 

Olimpiada jarayonlari jonli efirda namoyish etiladi

 

Asosiy olimpiadaning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida tanlov o‘tkaziladigan manzillarda ishtirokchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar va kuzatuvchilar uchun jonli efirlar tashkil etiladi.

 

Shuningdek, har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha alohida maxsus Telegram kanallari tashkil qilinadi. Olimpiada natijalari sinovlar o‘tkazilgan kunning o‘zida mazkur kanallarda hamda ishtirokchining olimpiada.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

 

Olimpiadada ishtirok etish uchun ta’lim muassasasi direktori tomonidan ariza yuborish hamda ishtirokchini platformada ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.

 

Ariza yuborish (ta’lim muassasasi direktori) yo‘riqnomasi

 

Platformada ishtirokchi ro’yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi   

 

Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda Markazning maxsus boti orqali murojaat qilishlari mumkin.