Tanlagan yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga kirgan, lekin tanlagan boshqa yoʻnalishiga super kontrakt qilmoqchi boʻlganlar uchun super-kontrakt qilish tartibi tasdiqlandi.
2026-2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarni super kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra, tanlagan yoʻnalishlaridan ikkinchi va undan keyingilariga oʻqishga qabul qilingan talabgorlarga faqat birinchi yoʻnalishiga super kontrakt qilishga ruxsat beriladi.
Yaʼni, masalan abituriyent tanlagan yoʻnalishlaridan beshinchisiga kirgan va u tanlovlaridan boshqasida oʻqimoqchi. Shunday holatda u faqat birinchi yoʻnalishida super kontrakt asosida oʻqishi mumkin, 2-3-4-yoʻnalishlarga qila olmaydi.
Maʼlumotlarga koʻra, 6-yoʻnalishga oʻqishga kirganlarga ham birinchi yoʻnalishga super kontrakt qilishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, 5 ta yoʻnalishning hech biriga oʻqishga qabul qilinmaganlar esa, istalgan yoʻnalishidan biriga super kontrakt qilishi mumkin.
Eslatma! Oliy taʼlim muassasalarida super kontrakt uchun ariza berish davom etmoqda.
