Super kontrakt tartibi tasdiqlandi: bir yoʻnalishga oʻqishga kirganlar ham boshqasiga super kontrakt qilishi mumkin

Super kontrakt tartibi tasdiqlandi: bir yoʻnalishga oʻqishga kirganlar ham boshqasiga super kontrakt qilishi mumkin

Tanlagan yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga kirgan, lekin tanlagan boshqa yoʻnalishiga super kontrakt qilmoqchi boʻlganlar uchun super-kontrakt qilish tartibi tasdiqlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarni super kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga koʻra, tanlagan yoʻnalishlaridan ikkinchi va undan keyingilariga oʻqishga qabul qilingan talabgorlarga faqat birinchi yoʻnalishiga super kontrakt qilishga ruxsat beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yaʼni, masalan abituriyent tanlagan yoʻnalishlaridan beshinchisiga kirgan va u tanlovlaridan boshqasida oʻqimoqchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shunday holatda u faqat birinchi yoʻnalishida super kontrakt asosida oʻqishi mumkin, 2-3-4-yoʻnalishlarga qila olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumotlarga koʻra, 6-yoʻnalishga oʻqishga kirganlarga ham birinchi yoʻnalishga super kontrakt qilishga ruxsat beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, 5 ta yoʻnalishning hech biriga oʻqishga qabul qilinmaganlar esa, istalgan yoʻnalishidan biriga super kontrakt qilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Oliy taʼlim muassasalarida super kontrakt uchun ariza berish davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠