O‘zbekistonda tennis sport turi ommalashtiriladi

O‘zbekistonda tennis sport turi ommalashtiriladi

O‘zbekistonda tennisni ommalashtirish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi maqsadlar belgilandi. Unga ko‘ra, tennischilar va trenerlar soni oshiriladi, xalqaro musobaqalar soni kengaytiriladi.

 

Prezidentning 2026-yil 21-sentyabrdagi “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 347-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2030-yilgacha O‘zbekistonda tennis bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 3 ming nafarga, sport turi bo‘yicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, tennis bo‘yicha Osiyoning top-5 mamlakati qatoridan joy olishi hamda tennisni istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini ko‘rish belgilangan.

 

2026-yil 1-oktyabrdan anʼanaviy tarzda tennis boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi musobaqalarni oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

 

  • Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va Ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) shafeligi ostida boʻlib oʻtadigan xalqaro tennis musobaqalari;
  • yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi;
  • yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Respublika chempionati;
  • kattalar oʻrtasida “Uzbekistan open” xalqaro turniri;
  • erkaklar oʻrtasida “ATP Challenger” xalqaro musobaqasi.

 

Avvalroq, shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollargacha mukofot puli berilishi haqida xabar berilgandi.