Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

 

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

 

Muloqot davomida xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan murakkab jarayonlar, shuningdek, O‘zbekiston va BMT institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

‘‘Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman’’, — deya yozadi Saida Mirziyoyeva telegram kanalida.

 

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

 

Bugungi kunda BMT institutlari ishtirokida O‘zbekistonda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.

 

Uchrashuv O‘zbekistonning BMT doirasida global muammolarga amaliy yechimlar topish va dolzarb chaqiriqlarga yangi g‘oyalar asosida javob berishga intilishini namoyon etdi.

 

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

 

Avvalroq, Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishgan edi. Bunda Saida Mirziyoyeva zamonaviy ta’lim berish bilan birga, o‘quvchilarda vatan tuyg‘usi, milliy o‘zlik va madaniyat bilan mustahkam aloqani shakllantirish muhimligini ta’kidlagan edi.