Toshkentdagi davlat bog‘chasi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopilgan

Toshkentdagi davlat bog‘chasi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopilgan

Toshkent shahridagi 97-sonli davlat MTT ta’mirlash ishlari sabab 2026-yil 6-iyuldan vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tarbiyalanuvchilar yaqin hududdagi 47- va 136-sonli bog‘chalarga vaqtincha joylashtirilishi belgilangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 97-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani va tarbiyalanuvchilar qaysi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirilgani yuzasidan murojaat e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, Yunusobod tumani 15-mavze, “Ahmad Donish” MFY hududida joylashgan 97-sonli DMTTda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan muassasa faoliyati 2026-yil 6-iyuldan vaqtincha to‘xtatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tegishli hujjatlarga muvofiq, tarbiyalanuvchilar ota-onalarining xohish-istaklari inobatga olingan holda, yaqin hududda joylashgan 47- va 136-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga vaqtincha joylashtirilishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda davlat ta’lim tashkilotlari obyektlari xususiylashtirilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠