17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan 852 gramm “gashish”ni qabul qilib olganda qo‘lga olindi

17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan 852 gramm “gashish”ni qabul qilib olganda qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida ushlandi. Jo‘natmadan 852,2 gramm gashish aniqlangan.

 

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishining oldini olishga qaratilgan “xalqaro nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirini o‘tkazgan.

 

Tadbir davomida 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan paytda qo‘lga olingan.

 

Xolislar ishtirokida ochib ko‘rilgan jo‘natmaning ichidagi to‘rtta konserva qutisiga 852,2 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, o‘smirning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda elektron tarozilar, narkotik moddalarni tarqatishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan “zip” paketlar va izolyenta aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan 852 gramm “gashish”ni qabul qilib olganda qo‘lga olindi 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan 852 gramm “gashish”ni qabul qilib olganda qo‘lga olindi

 

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan gashish miqdori o‘rta hisobda 60 ming dozadan ortiq bo‘lib, uning qora bozordagi qiymati qariyb 600 ming AQSH dollariga baholangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Mutasaddilar ota-onalarni farzandlarining internet va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlari, shuningdek, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganiga e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.

 

Avvalroq, joriy yil aprel oyida respublika miqyosida maktab o‘quvchilari va talabalarni narkotik iste’mol qilgan yoki qilmaganini aniqlash bo‘yicha test o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.