Nobel mukofotining 2026-yilgi pul mukofoti miqdori oshirildi

Nobel mukofotining 2026-yilgi pul mukofoti miqdori oshirildi

Nobel jamg‘armasi 2026-yilda har bir Nobel mukofoti kategoriyasi uchun beriladigan pul mukofotini 1 mln Shvetsiya kronasiga oshirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Endilikda laureatlarga har bir kategoriya bo‘yicha 12 mln krona beriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Nobel jamg‘armasi Nobel mukofotining 125 yilligi munosabati bilan 2026-yilgi mukofot summasini oshirishga qaror qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, har bir mukofot kategoriyasi bo‘yicha pul mukofoti avvalgi 11 mln kronadan 12 mln kronaga yetkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu qariyb 1,2 mln AQSh dollariga teng.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Nobel jamg‘armasi ijrochi direktori Hanna Styornening ta’kidlashicha, mukofot summasini oshirish orqali uning uzoq muddatli ahamiyatini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy qiymatini vaqt o‘tishi bilan saqlab qolish maqsad qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Alfred Nobelning 1895-yildagi vasiyatiga ko‘ra, Nobel mukofoti dastlab besh yo‘nalishda — fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot va tinchlik yo‘nalishlarida ta’sis etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Mukofot insoniyatga katta foyda keltirgan ilmiy kashfiyotlar, adabiy asarlar va tinchlik yo‘lidagi xizmatlar uchun beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik, 1968-yilda Shvetsiya Markaziy banki Alfred Nobel xotirasiga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha mukofotni ta’sis etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Nobel mukofotlari ilk bor 1901-yilda topshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlab har bir kategoriya bo‘yicha mukofot summasi 150 782 Shvetsiya kronasini tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘nggi 15 yil davomida mukofot miqdori bir necha bor o‘zgartirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, 2012-yilda Nobel jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash dasturi doirasida mukofot 10 mln kronadan 8 mln kronagacha kamaytirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan keyin mukofot summasi uch marta oshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yildagi navbatdagi oshirishdan so‘ng Nobel mukofotining pul miqdori 12 mln kronani tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Joriy yilgi Nobel mukofoti laureatlari nomi esa 5–12-oktyabr kunlari e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠