Yangi ochilgan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirgan pedagoglar uchun test manzili va vaqti e’lon qilindi

Yangi ochilgan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirgan pedagoglar uchun test manzili va vaqti e’lon qilindi

Yangi ochilgan maktablarda ishlash uchun murojaat yuborgan pedagoglar uchun nazorat (test) sinovlari o‘tkaziladigan joy va vaqt ma’lumotlari pedagog platformasiga joylashtirildi.

 

Xabar berganimizdek, 2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga oliy ma’lumotli va yuqori salohiyatli pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

 

Hozirda mazkur tanlovda ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar uchun nazorat (test) sinovlari o‘tkaziladigan joy va vaqt ma’lumotlari platformaga joylashtirildi.

 

Pedagoglar sinov manzili va vaqtini quyidagi tartibda ko‘rishlari mumkin:

 

— Pedagog platformasiga kirish;
— “Profil” bo‘limini ochish;
— “E’lonlar” bo‘limiga o‘tish;
— “Maxsus” yorlig‘ini tanlash.

 

Shuningdek, ma’lumotlarni platformadagi “Sinov joylari” bo‘limi orqali ham ko‘rish mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish istagida bo‘lganlar o‘z hududidagi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish