2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga oliy ma’lumotli va yuqori salohiyatli pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov davom etmoqda. Bugun ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat yuborishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga pedagoglar ochiq va shaffof tanlov asosida ishga qabul qilinadi
.
Nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 21-avgustga qadar, shu kuni ham, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tanlov quyidagi hududlardagi maktablarda e’lon qilingan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Taxiatosh tumanidagi 23-maktab, To‘rtko‘l tumanidagi 75-maktab;
- Andijon viloyati — Asaka tumanidagi 67-maktab;
- Jizzax viloyati — Zomin tumanidagi 78-maktab, Zafarobod tumanidagi 21-maktab;
- Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘ tumanidagi 105-maktab;
- Samarqand viloyati — Payariq tumanidagi 105-maktab;
- Surxondaryo viloyati — Angor tumanidagi 46-maktab;
- Farg‘ona viloyati — Marg‘ilon shahridagi 35-maktab;
- Xorazm viloyati — Xazorasp tumanidagi 54-maktab, Urganch tumanidagi 52-maktab.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi oliy ma’lumotga ega pedagoglar bugun kun oxirigacha platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tegishli hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga murojaat qilish mumkin.
