Pedagoglardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun pul undirish noqonuniy: vazirliklar tegishli ko‘rsatma berdi

Pedagoglardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun pul undirish noqonuniy: vazirliklar tegishli ko‘rsatma berdi

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida ayrim hududlardagi tibbiyot muassasalari tomonidan pedagog va boshqa xodimlardan navbatdagi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun turli miqdorda toʻlovlar talab qilinayotgani va undirilayotgani boʻyicha vazirlikka murojaatlar kelib tushgan.

 

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya va epidimiologiya qoʻmitasi tomonidan hududlardagi boshqarmalariga qoʻshma xat yuborildi.

 

Unda boshqarmalar boshliqlariga qonunchilikda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqi belgilangan pedagog xodimlarning ushbu huquqlarini taʼminlash, shuningdek majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan boshqa xodimlarni amaldagi tartib asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni oʻz vaqtida tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

 

Qonunchilikda nima deyilgan?

 

“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlarining pedagog xodimlariga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqi berilgan. Shu bilan birga, ushbu Qonunning 7-moddasida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtish pedagogning majburiyati sifatida koʻrsatilgan.

“Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyxat raqami: 2387) koʻra, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va boshqa muassasalarda bevosita bolalarga taʼlim-tarbiya beruvchi pedagoglar hamda tegishli boshqa xodimlar yilda kamida bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish