O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari qachon e’lon qilinadi?

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari qachon e’lon qilinadi?

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari bugun e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi Talimxabarlari.uzga ma’lum qildi.

 

Xabaringiz bor, 2026-yil 19–20-avgust kunlari talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlarga ko‘chirish bo‘yicha ariza bergan talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.

 

Test sinovlarida rejadagi 37 752 nafar talabgordan 35 464 nafari ishtirok etgan. Shundan 28 nafari test jarayonida belgilangan tartib-qoidalarni buzgani sababli chetlatilgan.

 

Avvalgi yillarda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari odatda imtihonning keyingi kunida e’lon qilingan. Shu sababli 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari 20-avgustda e’lon qilinishi kutilgan edi. Biroq kecha natijalar e’lon qilinmadi.

 

Tahririyatimiz murojaaatlar botiga natijalar qachon e’lon qilinishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Talimxabarlari.uz masalaga aniqlik kiritish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan bog‘landi.

 

Agentlik xodimi Talimxabarlari.uz‘ga natijalar bugun e’lon qilinishi kutilayotganini bildirdi. Natijalar e’lon qilingach, talabgorlar ularni Agentlikning rasmiy sayti orqali tekshirishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining natijalar chiqish muddati Vazirlar Mahkamasining 578-son qarorida belgilangan. Qarorga ko‘ra, test sinovlari Agentlik tomonidan o‘tkazilib, natijalar kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bilan umumlashtirilgan holda bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda oliy ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish