35 yil ichida Oʻzbekistonda maktablar soni 1,3 barobarga koʻpaydi

35 yil ichida Oʻzbekistonda maktablar soni 1,3 barobarga koʻpaydi

O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etdi. Bu 1991/1992 o‘quv yilidagi ko‘rsatkichdan 1,3 barobar ko‘p.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich oshib borgan.

 

Xususan, 1991/1992 o‘quv yilida O‘zbekistonda 8 557 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000/2001 o‘quv yiliga kelib bu ko‘rsatkich 9 726 taga yetgan.

 

Keyingi yillarda ham maktablar sonida o‘sish kuzatilgan. 2010/2011 o‘quv yilida 9 806 ta, 2020/2021 o‘quv yilida 10 181 ta, 2022/2023 o‘quv yilida 10 522 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.

 

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonining o‘quv yillari kesimidagi dinamikasi:

O‘quv yili Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni
1991/1992 8 557 ta
1995/1996 9 289 ta
2000/2001 9 726 ta
2005/2006 9 803 ta
2010/2011 9 806 ta
2015/2016 9 720 ta
2020/2021 10 181 ta
2021/2022 10 289 ta
2022/2023 10 522 ta
2023/2024 10 750 ta
2024/2025 10 943 ta
2025/2026 11 118 ta

 

2023/2024 o‘quv yilida maktablar soni 10 750 ta, 2024/2025 o‘quv yilida esa 10 943 tani tashkil etgan.

 

2025/2026 o‘quv yili boshiga kelib, ushbu ko‘rsatkich 11 118 taga yetgan.

 

Shunday qilib, 1991/1992 o‘quv yilidan 2025/2026 o‘quv yiliga qadar O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2 561 taga ko‘paygan.

 

Avvalroq, O‘zbekistonda sport maktablari eng ko‘p qaysi hududlarda tashkil etilgani haqida statistika e’lon qilingandi.