Bugun yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni

Bugun yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni

2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga oliy ma’lumotli va yuqori salohiyatli pedagoglarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugun ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat yuborishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi tashkil etilayotgan umumta’lim maktablariga pedagoglar ochiq va shaffof tanlov asosida ishga qabul qilinadi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 21-avgustga qadar, shu kuni ham, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlov quyidagi hududlardagi maktablarda e’lon qilingan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Taxiatosh tumanidagi 23-maktab, To‘rtko‘l tumanidagi 75-maktab;
  • Andijon viloyati — Asaka tumanidagi 67-maktab;
  • Jizzax viloyati — Zomin tumanidagi 78-maktab, Zafarobod tumanidagi 21-maktab;
  • Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘ tumanidagi 105-maktab;
  • Samarqand viloyati — Payariq tumanidagi 105-maktab;
  • Surxondaryo viloyati — Angor tumanidagi 46-maktab;
  • Farg‘ona viloyati — Marg‘ilon shahridagi 35-maktab;
  • Xorazm viloyati — Xazorasp tumanidagi 54-maktab, Urganch tumanidagi 52-maktab.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovda ishtirok etish istagidagi oliy ma’lumotga ega pedagoglar bugun kun oxirigacha platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tegishli hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga murojaat qilish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠