‘‘Vazir jamg‘armasi’’ tanlovining g‘oliblari aniqlandi (ro‘yxat)

‘‘Vazir jamg‘armasi’’ tanlovining g‘oliblari aniqlandi (ro‘yxat)

Vazir jamg‘armasi tanlovining g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra, 2026-yil sentabrdan boshlab jami 1 696 nafar malakali pedagogga 9 oy davomida har oylik ustama to‘lanadi. G‘oliblar ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan 1 696 nafar malakali pedagog tanlov g‘olibi deb topildi.

 

G‘oliblar orasidan 1 400 nafari umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 98 nafari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, 198 nafari esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari hisoblanadi.

 

Tanlov g‘oliblariga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar jami 9 oy davomida Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lab boriladi.

 

Umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga esa 2 baravari miqdorida har oylik ustama beriladi.

 

Tanlov g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

 

Ro‘yxat — Faylni yuklash

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish