2026/2027 o‘quv yili uchun Prezident maktablariga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarning asosiy natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar o‘z natijalarini maxsus ID raqami orqali tashkilotning rasmiy veb-sahifasidan tekshirishlari mumkin.
Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda.
Natijalar anonim tarzda joylashtirilgan bo‘lib, ularda nomzodlarning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi. Talabgorlar o‘z natijasini taqdim etilgan maxsus ID raqami orqali aniqlashi mumkin.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalarini ushbu havola orqali ham tekshirishingiz mumkin.
https://www.cambridgeinternational.org
Shuningdek, saralash natijalarini ushbu havola orqali ham tekshirishingiz mumkin.
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
- Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
- Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
- Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
- Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.
Avvalroq, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihoniga talabgorlar qanday saralanishi haqida ma’lumot berilgandi.
