Endi robotlar ham “o‘qiydi”: Xitoyda ular uchun ilk bor maxsus maktab ochildi (video)

Endi robotlar ham “o‘qiydi”: Xitoyda ular uchun ilk bor maxsus maktab ochildi (video)

Xitoyning Xanchjou shahridagi ilk bor robotlar uchun maktab tashkil etildi. Unda dastlabki 30 nafar robot ta’lim olishni boshladi.

 

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi Xanchjou shahrida robotlar uchun mamlakatdagi ilk maxsus maktab ochildi. Unda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va ko‘ngilochar sohalarda ishlashga mo‘ljallangan 30 ta robot o‘qishni boshladi.

 

Ma’lum qilinishicha, Xanchjou Robotlar maktabida robotlar real ish sharoitida bajarishi mumkin bo‘lgan vazifalarga tayyorlanadi. Ta’lim dasturi jismoniy imkoniyatlarni baholash, maxsus kurslar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

 

Mashg‘ulotlar yakunida robotlar kasbiy ko‘nikmalari bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Talablarni bajargan robotlarga muayyan ish vazifalarini bajarishga tayyorligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

 

Dastur texnik ko‘nikmalar, tibbiy yordam, san’at va sport kabi 4 ta yo‘nalishni qamrab oladi. Mashg‘ulotlar har bir robotning jismoniy imkoniyatlari va bajara oladigan vazifalariga qarab moslashtiriladi.

 

Muhandislarning ta’kidlashicha, bunday yondashuv robotlarni ularning real jismoniy imkoniyatlariga mos vazifalarga tayyorlash imkonini beradi.

 

Maktabda olingan videolarda gumanoid robotlarning sport va musiqa mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani aks etgan.

 

Avvalroq, Xitoyning Uxan shahrida qahva tayyorlash, buyumlarni joyiga qo‘yish va oddiy uy ishlarini bajarish kabi kundalik vazifalarni o‘rgatishga mo‘ljallangan robotlar maktabi ochilgani haqida xabar bergan edik.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish