2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) negizida kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi. Abituriyentlar kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha 10-sentyabrgacha hujjat topshirishlari mumkin.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayoni boshlandi.

 

Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali 10-avgustdan 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

 

Qabul quyidagi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi:

 

— kunduzgi;
— kechki;
— dual ta’lim.

 

Tibbiyot texnikumlariga kechki va dual ta’lim shakllari, shuningdek, xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha hujjatlar ham 10-sentyabrgacha my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

 

Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlariga kirish istagidagi abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Bunda tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlash talab etiladi. Boshqa texnikumlarga (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

 

Qabul parametrlari 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta qabul o‘rni tasdiqlangan. Shundan 61 550 tasi davlat granti hisoblanadi.

 

Qabul o‘rinlari ta’lim shakllari bo‘yicha:

 

— kunduzgi — 87 700 ta, shundan 39 390 tasi davlat granti;
— kechki — 4 440 ta;
— dual — 42 820 ta, shundan 22 160 tasi davlat granti.

 

Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish