Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan avgust oyida ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkaziladi. Imtihonlar 24–25-avgust kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, 2026-yil avgust oyida chet tillari boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazishini maʼlum qildi.
Agentlik xabariga koʻra, malaka imtihonlari quyidagi tillar boʻyicha tashkil etiladi:
- ingliz tili;
- nemis tili;
- fransuz tili;
- turk tili;
- arab tili.
Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish my.gov.uz portali orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Maʼlum qilinishicha, imtihonlarni 2026-yil 24–25-avgust kunlari oʻtkazish rejalashtirilgan.
Agentlik talabgorlardan roʻyxatdan oʻtish jarayonida shaxsiy maʼlumotlarini toʻliq va toʻgʻri kiritishni soʻradi. Test sinovlari oʻtkaziladigan aniq manzil hamda vaqt roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi.
