Pedagoglar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlariga to‘lov muddati uzaytirildi

Pedagoglar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlariga to‘lov muddati uzaytirildi

Kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati 4-avgustga qadar uzaytirildi. Shuningdek, bahorda yetarli ball to‘play olmagan yoki sinovda ishtirok etmagan stajor-o‘qituvchilar ham qayta hujjat topshirishlari mumkin.

 

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2026-yil 1-iyuldan boshlab 31-iyulga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni qabul qildi.

 

Vazirlik tomonidan kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 4-avgust kuni yakuniga qadar uzaytirildi. 

 

Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-oʻqituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.

 

Avvalroq mazkur sinovlarda foydalaniladigan topshiriqlar spetsifikatsiyasi ham fanlar kesimida e’lon qilingan edi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish