Endi uzrli sabab bilan milliy sertifikat imtihoniga kelmagan talabgorlar to‘lovini qaytarib olishi mumkin

Endi uzrli sabab bilan milliy sertifikat imtihoniga kelmagan talabgorlar to‘lovini qaytarib olishi mumkin

Chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan kelolmagan talabgorlar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Endi ular keyingi imtihonda qoʻshimcha toʻlovsiz qatnashishi yoki toʻlovini qaytarib olishi mumkin.

 

Endi chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning toʻlovi kuyib ketmaydi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi Javlonbek Nurmatov maʼlum qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihonlarida uzrli sabab bilan ishtirok eta olmagan talabgorlar uchun yangi tartib joriy etiladi.

 

Unga koʻra, imtihonga uzrli sabab bilan kela olmagan talabgorlar keyingi imtihonda qoʻshimcha toʻlovsiz qatnashishi yoki toʻlagan mablagʻini qaytarib olishi mumkin.

 

Mazkur tartib kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila aʼzosining vafoti kabi uzrli sabablarga ega boʻlgan talabgorlarga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi talab etiladi.

 

Shu bilan birga, imtihonga uzrsiz kelmagan, belgilangan vaqtdan kechikkan yoki imtihon qoidalarini buzganligi sababli chetlashtirilgan talabgorlarga ushbu tartib tatbiq etilmaydi.

 

Avvalroq, milliy sertifikat natijasi kirish imtihoni va o‘qishni ko‘chirishda qancha ball berishi qanday hisoblash mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish