Xabaringiz bor, 24–25-iyul kunlari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tasarrufidagi harbiy-akademik litseylar hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlarida respublika bo‘yicha rejalashtirilgan 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan.
Shuningdek, 2 nafar abituriyent tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan.
2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: https://gov.uz/edu/news/view/199876
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
