O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, ta’lim sohasida bu ko‘rsatkich qariyb 5 million so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, ta’lim sohasida bu ko‘rsatkich qariyb 5 million so‘mni tashkil etdi

Milliy statistika qo‘mitasining yanvar–iyun oylari uchun bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 million 91,1 ming so‘mni tashkil etdi. Ta’lim sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 977,1 ming so‘mga yetgan. Ta’lim turlari kesimida eng yuqori ko‘rsatkich oliy ta’limda qayd etilgan bo‘lsa, eng past o‘rtacha ish haqi maktabgacha ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil 25-iyulda e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 million 091,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 % ga o‘sgan.

 

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Toshkent shahrida 12 million 013,9 ming so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 % ga o‘sgan. Boshqa hududlar bo‘yicha raqamlar quyida keltirilgan:

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, ta'lim sohasida bu ko‘rsatkich qariyb 5 million so‘mni tashkil etdi

O‘rtacha oylik nominal ish haqi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish sur’atlari tashish va saqlash sohasida qayd etilgan.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, ta'lim sohasida bu ko‘rsatkich qariyb 5 million so‘mni tashkil etdi

Shuningdek, ta’lim sohasida ham sezilarli o‘sish qayd etilib, ish haqi miqdori 4 million 977,1 ming so‘mni tashkil etgan(o‘sish – 20,3 %). Sohada o‘rtacha oylik ish haqi ushbu miqdorni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 12 million 047,1 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim sohasida 5 million 372,2 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 4 million 669,4 ming so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasida esa 2 million 720,9 ming so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, ta'lim sohasida bu ko‘rsatkich qariyb 5 million so‘mni tashkil etdi

Aprel oyida Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil 1-choragi uchun o‘rtacha oylik ish haqi ma’lumotlarini e’lon qilgan edi. O‘shanda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 million 825,9 ming so‘mni, ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 615,9 ming so‘mni tashkil etgan edi.

 

Hozirgi ma’lumotlarni yilning 1-chorak statistikasi bilan taqqoslaganda, o‘sish surati quyidagicha bo‘lgan:

Ta’lim turi 2026-yil I chorak (ming so’m) 2026-yil I yarim yillik (ming so’m) O’sish (ming so’m) O’sish (%)
Ta’lim sohasi (jami) 4 615,9 4 977,1 +361,2 7,82 %
Oliy ta’lim 10 843,9 12 047,1 +1 203,2 11,09 %
Texnik va professional ta’lim 4 931,9 5 372,2 +440,3 8,93 %
Umumiy o’rta ta’lim 4 474,8 4 669,4 +194,6 4,35 %
Maktabgacha ta’lim 2 485,2 2 720,9 +235,7 9,48 %

 

O’sish darajasi bo’yicha reyting

  • Oliy ta’lim — 11,09 %
  • Maktabgacha ta’lim — 9,48 %
  • Texnik va professional ta’lim — 8,93 %
  • Ta’lim sohasi (umumiy) — 7,82 %
  • Umumiy o’rta ta’lim — 4,35 %

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, ta'lim sohasida bu ko‘rsatkich qariyb 5 million so‘mni tashkil etdi