Bugun 2026–2027-oʻquv yili uchun texnikumlarga hujjat topshirish yakunlanadi

Bugun 2026–2027-oʻquv yili uchun texnikumlarga hujjat topshirish yakunlanadi

Bugun, 20-iyul kuni 2026–2027-o‘quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlarga hujjat topshirish jarayoni yakunlanadi. Arizalar my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinmoqda.

 

Xabaringiz bor, 2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga qabul jarayoni 1-iyuldan boshlangan edi. 20-iyul soat 10:38 holatiga ko‘ra, texnikumlarga jami 217 934 ta ariza kelib tushgan. Talabgorlar hujjatlarini bugun soat 23:59 ga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin.

 

Joriy yilda respublika bo‘yicha 570 ta texnikumda 166 ta kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha qabul amalga oshirilmoqda. Ushbu bosqich uchun umumiy qabul kvotasi 202 657 ta etib belgilangan.

 

Hujjat topshirishda abituriyentlardan ID karta yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari hamda 9-sinfni tamomlaganlik haqidagi elektron shahodatnoma talab etiladi.

 

Shahodatnoma ma’lumotlari e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali avtomatik olinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z yo‘nalishiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat asosida oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichiga qabul qilinadi.