1-iyul kuni o‘tkazilgan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.
Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan ma’lum qilindi.
Imtihon natijalarini quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin:
Avvalroq, Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglarni ishga qabul qilish uchun hujjatlar qabuli davom etayotgani haqida xabar bergan edik.
