1-sinfga qabul: Boshqa tilda ta’lim beriladigan sinflar uchun suhbatda nimalar so‘raladi?

1-sinfga qabul: Boshqa tilda ta’lim beriladigan sinflar uchun suhbatda nimalar so‘raladi?

1-sinf qabuli doirasida ta’lim boshqa tilda olib boriladigan sinflarga hujjat topshirayotgan bolalar suhbatdan o‘tadi. Suhbat davomida bolaning bilim darajasi emas, balki tanlangan tilda oddiy muloqot qila olishi baholanadi.

 

Xabaringiz bor, ayni paytda 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari davom etmoqda.

 

Ta’lim boshqa tilda olib boriladigan sinflarga hujjat topshirayotgan bolalar uchun o‘tkaziladigan suhbat savolnomalari e’lon qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, suhbat faqat o‘qitish tili o‘zbek tilidan boshqa bo‘lgan sinflarga qabul qilinayotgan bolalar uchun tashkil etiladi.

 

Unda bolaning bilim darajasi emas, balki tanlangan tilda oddiy muloqot qila olishi baholanadi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rus, qozoq, qirg‘iz, tojik hamda turkman tillarida o‘tkaziladigan suhbat uchun ikkita variantdan iborat namunaviy savolnomalarni e’lon qilgan.

 

Savollar asosan bolaning:

 

  • o‘zini tanishtira olishi (ismi, familiyasi, yoshi);
  • oilasi va ota-onasi haqida gapirib bera olishi;
  • fasllar, ob-havo, hafta kunlari, ranglar va sonlarni bilishi;
  • tanlangan tilda erkin muloqot qila olishini aniqlashga qaratilgan.

 

Shuningdek, suhbat davomida bolaga ‘‘Nima uchun maktabga boriladi?’’, ‘‘O‘qituvchi kim?’’, ‘‘Kuning qanday o‘tadi?’’ kabi kundalik hayotga oid sodda savollar ham berilishi mumkin.

 

Rus tilidagi namunaviy savollar — Faylni yuklash

 

Qozoq tilidagi namunaviy savollar — Faylni yuklash

 

Qirg‘iz tilidagi namunaviy savollar — Faylni yuklash

 

Tojik tilidagi namunaviy savollar — Faylni yuklash

 

Turkman tilidagi namunaviy savollar — Faylni yuklash