Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026-2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi.

 

Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha:

 

Huquq — 165 ball;

Siyosatshunoslik — 140 ball;

Xalqaro munosabatlar — 140 ball;

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;

Sogʻliqni saqlash — 132 ball;

Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball;

Transport xizmatlari — 104 ball;

Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;

Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball;

Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball;

Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;

Veterinariya — 60 ball.

 

 

!Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

 

Faylni yuklash