Toshkentda talabalar jalb etilgan yirik kiberfiribgarlik tarmog‘i fosh etildi

Toshkentda talabalar jalb etilgan yirik kiberfiribgarlik tarmog‘i fosh etildi

Toshkent shahrida faoliyat yuritgan ikki koll-markazda xorij fuqarolarini soxta investitsiya va kriptovalyuta loyihalari orqali aldagan yirik kiberfiribgarlik tarmogʻi fosh etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, noqonuniy faoliyatga chet tillarini yaxshi biladigan yoshlar, jumladan, nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabalari ham jalb etilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida xalqaro miqyosda faoliyat yuritgan yirik kiberfiribgarlik tarmogʻi fosh etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, jinoiy guruh xorijiy davlatlar fuqarolarining ishonchiga kirib, ularga soxta investitsiya va kriptovalyuta loyihalarini taklif qilish orqali millionlab mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aniqlanishicha, noqonuniy faoliyatga chet tillarini mukammal biladigan yoshlar, jumladan, nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabalari ham jalb etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tezkor tadbirlar davomida Yashnobod tumanidagi biznes markazlaridan birida tashkil etilgan koll-markazda 97 nafar shaxs, shundan 5 nafari xorij fuqarosi ekani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi yana bir biznes markazida faoliyat yuritgan koll-markazda 34 nafar shaxs, jumladan 3 nafar xorij fuqarosi ushlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tergov maʼlumotlariga koʻra, guruh aʼzolari Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Gollandiya va Daniya fuqarolariga soxta telefon raqamlari orqali qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini professional treyder sifatida tanishtirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular 70 foizgacha daromad vaʼda qiluvchi fishing havolalari orqali jabrlanuvchilarning kriptoaktivlarini oʻzlashtirib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, koll-markaz xodimlari maxsus qoʻriqlanadigan binolarda faoliyat yuritgan, taxalluslardan foydalangan hamda qatʼiy konspiratsiya qoidalariga amal qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tintuvlar davomida 136 ta kompyuter, 320 ta mobil telefon, 90 ta monitor, 73 ta protsessor, 53 ta monoblok, 128 ta qattiq disk, 175 ta xotira qurilmasi, 2 ta seyf, fotoapparat va 189 ta IP-quloqchin ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tergov davomida jinoiy sxema tashkilotchisi boʻlgan xorij fuqarosi hamda u bilan til biriktirgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, jinoiy guruhning 10 nafar asosiy ishtirokchisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yana 10 nafar shaxs hibsga olingan, qolgan 111 nafar fuqaro yuzasidan tezkor-surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi hamda Interpol Milliy markaziy byurosi orqali Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda tergov ishlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠