Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglarni ishga qabul qilish uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda

Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglarni ishga qabul qilish uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar va pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovi davom etmoqda. Yaqin kunlarda hujjatlarni qabul qilishning birinchi bosqichi yakunlanadi.

 

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qilishicha, yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi boʻsh ish oʻrinlari uchun hujjatlar qabuli vacancy.piima.uz platformasi orqali davom etmoqda.

 

Birinchi bosqich yakunlangach, saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etadi. Jumladan, pedagog xodimlar test sinovlari, rahbar lavozimiga nomzodlar esa suhbat bosqichiga taklif etiladi.

 

Rahbar xodimlar tanlovi ikki bosqich — saralash va suhbatdan iborat boʻlib, suhbatlar anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻtkazilishi mumkin.

 

Unda nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholanadi:

 

— Kasbiy va rahbarlik salohiyati;

— Tashkiliy va moliyaviy bilimlar;

— Taʼlim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalar.

 

Shuningdek, suhbat davomida strategik fikrlash, innovatsion yondashuv, amaliy koʻnikmalar va liderlik salohiyati ham sinovdan oʻtkaziladi. Har bir nomzod uchun 3 savoldan iborat bilet taqdim etiladi.

 

Pedagog xodimlar uchun tanlov esa uch bosqichda tashkil etiladi. Ular saralash, test va suhbat bosqichlaridan oʻtadilar.