Namangan viloyat “Kelajak” markazi direktori faoliyatiga oid murojaatlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Namangan viloyat “Kelajak” markazi direktori faoliyatiga oid murojaatlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Itimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati “Kelajak” markazi direktori faoliyatiga oid murojaat tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, unda keltirilgan iddaolar o‘z tasdig‘ini topmaganini ma’lum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati “Kelajak” markazi direktori Shamsiddin Ortiqov faoliyatiga oid murojaat tarqaldi. Unda viloyat “Kelajak” markazi direktori tomonidan tuman markazlari direktor o‘rinbosarlariga nisbatan tazyiq o‘tkazilgani hamda ularni lavozimidan bo‘shatishga qaratilgan tekshiruvlar olib borilgani yuzasidan iddaolar ilgari surilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Boshqarma ma’lum qilishicha, murojaatda keltirilgan holatlar o‘rganilgan va tekshiruvlar davomida viloyat “Kelajak” markazi direktori tomonidan tuman “Kelajak” markazlari direktor o‘rinbosarlariga nisbatan hech qanday tazyiq o‘tkazilmagani aniqlangan. Shuningdek, ularni lavozimidan bo‘shatishga qaratilgan tekshiruvlar ham amalga oshirilmagan.

 

Qayd etilishicha, hozirda tuman “Kelajak” markazlari direktor o‘rinbosarlarining barchasi o‘z lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.

 

“Shu munosabat bilan murojaatda bayon etilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi”, — deyiladi  rasmiy xabarda.