2026-yilning 4-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihonlar 3 smenada tashkil etiladi.
Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi:
1-smena — soat 08:00;
2-smena — soat 11:30;
3-smena — soat 17:00.
Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida bir soat avval yetib kelishlari talab etiladi.
Kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi. Matematika fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.
Ingliz tili fanidan esa 15 ta test topshirig‘i taqdim etiladi.
Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
