Ingliz tilidan B2 va ona tilidan A: yana bir qashqadaryolik oʻquvchi muddatidan oldin talablikni naqd qildi

Ingliz tilidan B2 va ona tilidan A: yana bir qashqadaryolik oʻquvchi muddatidan oldin talablikni naqd qildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan B2 va ona tilidan A darajali milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi.

 

Shahrisabz tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi Raxmatov Qodirjon ingliz tili (B2), ona tili va adabiyot (A) va tarix (B+) fanlaridan sertifikatlarni qoʻlga kiritib, muddatidan avval 178 ballni naqd qildi.

 

Oʻquvchining soʻzlariga koʻra, shu paytgacha uning “Koʻngildagi nolalar” nomli kitob hamda bir nechta maqolalari eʼlon qilingan. Bundan tashqari Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisi, bir nechta xalqaro sertifikatlar sohibi, lider, “Yoshlar klubi” rahbari va Senat huzuridagi yoshlar parlamenti va Germaniya hamkorligida tashkil etilgan Barqaror tenglik sari yoshlar harakati seminari ishtirokchisi.

 

Qodirjon yosh boʻlishiga qaramasdan ilmga chanqoqligi va izlanuvchanligi sababli ustozlik maqomiga ham erishgan. U 2024-yildan dars berishni boshlagan. Hozirda tumanning 33-sonli maktabida 80 dan ziyod oʻquvchilarga ingliz tilidan saboq beraman. Oylik daromadi 8 milliondan ziyod 10 millionga yaqin.

 

U ayrim sharoiti toʻgʻri kelmaydigan oʻquvchilarni oʻz hisobidan bepul oʻqitishini ham aytib oʻtdi. Hozirgacha yuzlab oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrgatib kelgan va fevral oyidagi CEFR imtihonidan 6-sinf oʻquvchisi b2 sertifikatini qoʻlga kiritgan.

 

U oʻz tengqurlariga imkoniyat va vaqtdan unumli foydalanish kerakligini, bugungi qilgan samarali harakatlar, ertangi kun uchun poydevor boʻlishini eslatib oʻtdi.

 

Oʻquvchining oʻqish va ishlariga rivoj tilaymiz.