Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi

Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi

2026-yil 26-may kuni o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra, jami 7833 nafar pedagog kadrning attestatsiya yakunlari tasdiqlandi.

 

Natijalar quyidagicha taqsimlandi:

 

– 4267 nafar pedagogga yangi malaka toifasi berildi;
– 3215 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi;
– 351 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan.

 

Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.

 

Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog kadrlar ro‘yxati (ilovalar kesimida):

 

Bosh o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;

Yetakchi o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;

Katta o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;

Attestatsiyadan o‘tgan va mutaxassis o‘qituvchi lavozimi saqlangan pedagog kadrlar ro‘yxati;

Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va natijasi bo‘yicha salbiy xulosa qilinmagan pedagog kadrlar ro‘yxati;

Attestatsiyadan o‘tmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ro‘yxati.

 

Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.