Surxondaryoda 9 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajali sertifikatga ega bo‘ldi

Surxondaryoda 9 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajali sertifikatga ega bo‘ldi

Surxondaryo viloyatidagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi Irkinov Mehroj Sirojiddinovich CEFR B2 sertifikati sohibiga aylandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

 

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-maktabning 3-sinf o‘quvchisi Irkinov Mehroj Sirojiddinovich ingliz tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

 

U 4 ta ko‘nikmadan quyidagicha natijalarni qayd etgan:

  • tinglab tushunish – 50 ball;
  • o‘qish – 56 ball;
  • yozish – 48 ball;
  • gapirish – 49 ball.

Umumiy ball: 51

 

Avvalroq, CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritgan 4-sinf o‘quvchisi Raximboyev Hislatbek va uni o‘qituvchisi bilan suhbatlashgan edik.