Termizda 600 nafardan ortiq afgʻonistonlik kasb-hunarga bepul oʻqitildi

Termizda 600 nafardan ortiq afgʻonistonlik kasb-hunarga bepul oʻqitildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 600 nafardan ortiq Afgʻoniston fuqarosi texnik va kasbiy taʼlim kurslarida bepul oʻqitildi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi

 

Keltirilishicha, tumandagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida “Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish va kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi sarhisobi va festival o’tkazilgan. Qiymati 2 million dollarlik loyiha Yevropa ittifoqi hisobidan moliyalashtirilib, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

 

Loyiha doirasida oliygohlarda oʻqiyotgan 136 nafar afgʻonistonlik talabaning toʻlov-kontrakt va stipendiya xarajatlari qoplab berilgan. Bitiruvchilarni iqtisodiy faollikka jalb etish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish kurslari va vaucher (mini-grant) mexanizmi joriy qilingan. Natijada 600 nafardan ortiq afgʻon fuqarosi texnik va kasbiy taʼlim kurslarida oʻqitilgan.

 

Biznesni boshqarish va rivojlantirish oʻquv kurslarida faol boʻlib, ijobiy natija koʻrsatgan 30 nafar ishtirokchining har biriga ikki ming dollardan vaucher (mini-grant) ajratilgan. Loyiha doirasida tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun 39 nafar qatnashchining har biriga toʻrt ming dollargacha grantlar toʻlangan.