Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakuniga 4 kun qoldi: 486 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakuniga 4 kun qoldi: 486 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi

2026–2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari davom etmoqda. Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 22-iyun kuni soat 08:08 holatiga jami 486 682 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 158 nafarga yoki 3,4 foizga kam. Taqqoslash uchun, 2025-yilda shu davrda 503 840 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi.

 

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 321 859 nafari joriy yil bitiruvchilari, 164 823 nafari esa avvalgi yillarda maktab yoki kollejni tamomlagan abituriyentlar hisoblanadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 259 667 nafari (53,4 foiz) ayol, 227 015 nafari (46,6 foiz) erkak abituriyent hujjat topshirgan.

 

Ta’lim tili bo‘yicha eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, 430 875 nafar (88,5 foiz) abituriyent o‘zbek tilida ta’lim olishni tanlagan. Shuningdek, 45 738 nafar (9,4 foiz) rus tilini, 9 004 nafar (1,9 foiz) qoraqalpoq tilini hamda 1 065 nafar (0,2 foiz) boshqa tillarni tanlagan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 82 951 nafarga yetgan.

 

Eslatib o‘tamiz, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 25-iyun kuni yakunlanadi. Abituriyentlar hujjatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda my.uzbmb.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.

 

Hududlar bo‘yicha abituriyentlar taqsimoti

Hudud Abituriyentlar soni
Toshkent shahri 82 951 nafar
Samarqand viloyati 52 638 nafar
Farg‘ona viloyati 47 224 nafar
Qashqadaryo viloyati 42 839 nafar
Andijon viloyati 42 320 nafar
Namangan viloyati 35 451 nafar
Surxondaryo viloyati 34 040 nafar
Xorazm viloyati 33 106 nafar
Jizzax viloyati 25 263 nafar
Navoiy viloyati 24 709 nafar
Buxoro viloyati 24 128 nafar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 22 181 nafar
Sirdaryo viloyati 15 740 nafar
Nurafshon shahri 4 092 nafar