Jahon chempionatida muxlislarni tashish uchun maktab avtobuslaridan foydalanilmoqda

Jahon chempionatida muxlislarni tashish uchun maktab avtobuslaridan foydalanilmoqda

Jahon chempionati oʻyinlari uchun muxlislarni tashishda maktab avtobuslaridan foydalanilmoqda. Ushbu transport vositalarining bir qismi tartibsizliklar vaqtida zarar koʻrgan.

 

The Athletic xabar berishicha, yozgi futbol Jahon chempionati oʻyinlari uchun MetLife Stadiumga muxlislarni yetkazish maqsadida Nyu-York–Nyu-Jersi tashkiliy qoʻmitasi tomonidan 150 ta sariq maktab avtobusi ijaraga olingan. Dastlab ushbu tizim 10 ming muxlisni tashish uchun rejalashtirilgan boʻlsa, keyinchalik uning koʻlami kengaytirilgan.

 

Biroq Nyu-Yorkda NBA basketbol ligasining “New York Knicks” jamoasi gʻalabasini nishonlash paytida yuzaga kelgan tartibsizliklar ushbu transport tizimiga ham taʼsir koʻrsatgan.

Jahon chempionatida muxlislarni tashish uchun maktab avtobuslaridan foydalanilmoqda

Maʼlumotlarga koʻra, Manxettenga toʻplangan minglab muxlislar oqimi sabab ayrim hududlarda tartibsizliklar yuzaga kelgan va shu jarayonda Jahon chempionati uchun ijaraga olingan bir nechta maktab avtobuslari shikastlangan.

 

Nyu-York politsiyasi maʼlumotiga koʻra, kamida 5 ta avtobus yoqib yuborilgan yoki vandalizm oqibatida jiddiy zarar koʻrgan. Ayrim holatlarda odamlar avtobuslarga chiqib, ularni sindirgan va yoqib yuborgan.

 

Rasmiylar hodisa vaqtida avtobuslarda yoʻlovchilar boʻlmaganini va jabrlanganlar qayd etilmaganini maʼlum qilgan.

Jahon chempionatida muxlislarni tashish uchun maktab avtobuslaridan foydalanilmoqda

Tashkiliy qoʻmita vakillari ushbu holatlarni “qabul qilib boʻlmaydigan vandalizm” deb atab, murakkab vaziyatda ham xizmatni davom ettirgan haydovchilarning ishini yuqori baholagan.

 

Shuningdek, ushbu hodisalar Jahon chempionati transport tizimiga taʼsir qilmasligi, barcha rejalashtirilgan avtobus qatnovlari turnir davomida oʻz faoliyatini davom ettirishi taʼkidlangan.