Diniy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘qiyotgan magistr va doktorantlar uchun yangi stipendiya joriy etiladi

Diniy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘qiyotgan magistr va doktorantlar uchun yangi stipendiya joriy etiladi

Bugun, 10-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va uni yanada rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Unga ko‘ra, majmua tarkibida Bolalar muzeyi tashkil etildi, Imom Buxoriy innovatsion muzeyining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Binoda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylashtirildi. Gid-ekskursovodlar va nazoratchilar xizmati tashkil qilindi.

 

Diniy-maʼrifiy sohadagi magistr va doktorantlar uchun “Islom maʼrifati” stipendiyasini joriy etish, dunyoga mashhur olim va ekspertlarning kitoblari taqdimotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Kelgusi bosqichda 20 ming nafar yoshlar, diniy-maʼrifiy soha vakillari, jumladan, imom-xatiblar va otinoyilarni markaz faoliyatiga jalb etish koʻzda tutilmoqda.

 

Diniy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘qiyotgan magistr va doktorantlar uchun yangi stipendiya joriy etiladi

 

Shu bilan birga, Islom sivilizatsiya Markazi “Dunyoning eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” sifatida “Ginnessning jahon rekordlari kitobi”ga kiritildi.

 

Markazning ilmiy jurnalini xalqaro “Scopus” va “Web of Science” bazalariga kiritish, ilmiy markazlarning yagona integratsiyalashgan platformasini yaratish, qoʻlyozmalarning raqamli katalogini tayyorlash rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, markaz taqdimotlarini 55 ta davlatda tashkil etish, “Islomda ayollarning oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya va koʻrgazma oʻtkazish, Oksford islom tadqiqotlari markazi, ICESCO, IRCICA, TURKSOY va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan qoʻshma ilmiy-maʼrifiy loyihalarni amalga oshirishga koʻrsatma berildi.