Bugun Oʻzbekistonda farmatsevtika sohasi iqtisodiyot va sogʻliqni saqlash tizimining eng jadal rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda. Yangi farmatsevtika korxonalari, zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy markazlar va innovatsion klasterlar tashkil etilayotgani sohaga boʻlgan ehtiyojni tobora oshirmoqda.
Biroq har qanday zamonaviy texnologiya ortida bilimli inson turadi. Shu bois, bugun mamlakatimizda malakali farmatsevtlar, texnologlar, tahlilchi-mutaxassislar va ilmiy tadqiqotchilarga boʻlgan talab yuqori.
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti (FTTI) — farmatsevtika hamda tibbiyot sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Institut taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda sohaga raqobatbardosh mutaxassislar yetkazib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Zamonaviy taʼlim va ilmiy muhit
Bugungi kunda institutda 4 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bular — farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, davolash ishi hamda tibbiy profilaktika ishi yoʻnalishlaridir.
Farmatsevt — bu shunchaki dorixona xodimi emas. U dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish va aholiga xavfsiz yetkazib berish jarayonlarining muhim ishtirokchisi. Boshqacha aytganda, har bir shifobaxsh dori ortida farmatsevtning bilimi va mehnati mujassam.
Shu bilan birga, oliygoh magistratura bosqichida 5 ta yoʻnalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bular:
— Farmasevtik kimyo va farmakognoziya;
— Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
— Eksperimental va sport farmakologiya;
— Dorilarni sanoat texnologiyasi;
— Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi.
Farmatsevtika taʼlimida amaliy koʻnikmalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois institutda taʼlim jarayoni nazariya va amaliyot uygʻunligi asosida tashkil etilgan.
Talabalar amaliyotlarini akkreditatsiyadan oʻtgan innovatsion markazlar, tahlil laboratoriyalari, GXP amaliyoti joriy etilgan zamonaviy farmatsevtika korxonalari hamda dorixona muassasalarida oʻtaydilar. Bu esa ularga real ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, zamonaviy uskunalarda ishlash va kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan amaliy tajribani shakllantirish imkonini beradi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti huzuridagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi sohaga zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash va mavjud kadrlar salohiyatini oshirishda muhim oʻrin tutadi.
Markazda 8 ta yoʻnalish boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan. Bu yerda nafaqat farmatsevt mutaxassislarning malakasi oshiriladi, balki respublikada ilk bor biotexnologiya, metrologiya, standartlash va mahsulot sifati menejmenti hamda dorivor oʻsimliklarni parvarish qilish texnologiyasi (agroekologiya) kabi yoʻnalishlarda ham qayta tayyorlash kurslari yoʻlga qoʻyilgan.
Ushbu kurslar uchun zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan oʻquv bazasi yaratilgan boʻlib, barcha zarur meʼyoriy hujjatlar tasdiqlangan. 2022-yil yanvar oyidan boshlab mazkur yoʻnalishlarda tinglovchilarni oʻqitish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat mutaxassislarga keyingi besh yil davomida oʻz kasbiy faoliyatini olib borish imkonini yaratadi.
Farmatsevtika sohasining yana bir muhim jihati shundaki, bu kasb egalari oʻz bilim va malakasini doimiy ravishda boyitib borish orqali munosib kasbiy oʻsishga erishadi. Ilmli, tashabbuskor va mehnatsevar mutaxassis uchun sohada keng imkoniyatlar va barqaror ish oʻrni mavjud.
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti ana shunday yuksak maqsadlarni koʻzlagan yoshlarni zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan qurollantirmoqda. Institutda taʼlim jarayoni ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy laboratoriyalar, amaliyot bazalari va sohaning yetakchi mutaxassislari tajribasi bilan uygʻunlashtirilgan.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, farmatsevt boʻlish — bu faqat diplom olish emas. Bu insonlar salomatligi, ilm-fan taraqqiyoti va jamiyat farovonligi yoʻlida xizmat qilishni anglatadi. Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti esa ana shu yuksak maqsadlar sari intilayotgan yoshlar uchun mustahkam bilim, amaliy tajriba va keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rasmiy sayti: https://ftti.uz
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 46,48-uy.
Mo‘ljal: “UzMaxOil” yoqilg‘i quyish shaxobchasi.
Telegram: t.me/fttiuz
Instagram: instagram.com/ftti.uz/?hl=ru
Facebook: facebook.com/FTTI.UZ
YouTube: www.youtube.com/@farmatsevtikatalimvatadqiqoti
Qabul platformasi: https://admission.ftti.uz/
Aloqa markazi:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50




