Oʻzbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 4 oyda 14,5 trln soʻmga yetdi. Qaysi hududlar yetakchi?

Oʻzbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 4 oyda 14,5 trln soʻmga yetdi. Qaysi hududlar yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida mazkur ko‘rsatkich 14,5 trillion so‘mga yetgan bo‘lib, Toshkent shahri yetakchilik qilgan.

 

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 14,5 trln soʻmni tashkil etgan.

 

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,6 foizga oshgan. Taʼlim xizmatlari tarkibida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar 43,3 foiz ulush bilan ustunlik qildi.

 

Hududlar kesimida taʼlim xizmatlari hajmi:

 

– Toshkent shahri — 7,5 trln soʻm;

 

– Samarqand viloyati — 993,6 mlrd soʻm;

 

– Fargʻona viloyati — 834 mlrd soʻm;

 

– Andijon viloyati — 730,7 mlrd soʻm;

 

– Toshkent viloyati — 717,8 mlrd soʻm;

 

– Buxoro viloyati — 639,9 mlrd soʻm;

 

– Namangan viloyati — 638,8 mlrd soʻm;

 

– Qashqadaryo viloyati — 552 mlrd soʻm;

 

– Xorazm viloyati — 454,2 mlrd soʻm;

 

– Surxondaryo viloyati — 448,2 mlrd soʻm;

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 413,1 mlrd soʻm;

 

– Jizzax viloyati — 215,1 mlrd soʻm;

 

– Navoiy viloyati — 179,8 mlrd soʻm;

 

– Sirdaryo viloyati — 159,1 mlrd soʻm.

Avvalroq, bozor xizmatlari orasida ta’lim sohasidagi xizmatlar 122,6 % o‘sish sur’ati bilan eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etgani haqida xabar bergan edik.